13 aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida Tico rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Hodisa soat 21:30 larda, Yangiqo‘rg‘on-Namangan yo‘lining 17 kilometrida sodir bo‘lgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, og‘ir qo‘shma shikast tashxisi bilan og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.