O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azizov Mirza Mamadjonovich 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirza Azizov musiqali teatr aktyori sifatida «Yusuf va Zulayho»da Fir’avn, «Farhod va Shirin» da Bahrom, «Nodirabegim» musiqali dramasida Madalixon, «Alpomishning qaytishi» spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.