2023 yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasida AIBA prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Musobaqa o‘tkaziladigan sanalar keyinroq aniqlanadi. 2023 yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar o‘ynaladi.

Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli musobaqa nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqada ilk bor o‘tkaziladi.