30 mart kuni Qozog‘iston hududidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massalari kira boshlaydi, деяхабар bermoqda O‘zgidromet.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida 30−31 mart va 1 aprel kunlari ba’zi joylarda nisbatan o‘zgaruvchan ob-havo kutilmoqda.

31 mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Juma kuni respublika bo‘ylab bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi.

Mart oyining so‘nggi va aprel oyining birinchi kunlarida kunduzi havo harorati biroz salqin bo‘lib, +7…+10, kechasi 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.

2 aprel kuni iliq havo massalari kirib keladi, kunduzi harorat +14…+17 darajagacha ko‘tariladi.