Najmiddinxo‘ja Sharipov Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar, Najmiddinxo‘ja Sharipov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Najmiddinxo‘ja Sharipov (1983 yilda tug‘ilgan) Toshkent moliya institutini (2005) va Oliy biznes maktabini (2012) bank, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2003 yildan beri Davlat raqobat qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. 2016−2018 yillarda u Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.