Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev ta’kidlashicha, Rossiya maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan barcha mezonlarga O‘zbekiston javob beradi. Respublikada muntazam parvozlarni tiklash uchun asoslar bor, deya xabar bermoqda «Sputnik Uzbekistan» nashri.

Xabarga ko‘ra, muntazam parvozlarni tiklash uchun Rossiya Federatsiyasining maxsus komissiyasiga murojaat xati yuborilgan.

«Men shoshilmayman, lekin mart-aprel oylarida ijobiy natija bo‘ladi deb o‘ylayman. Hozircha biz mamlakatda epidemik vaziyat haqida to‘liq ma’lumot bergan bo‘lsakda, javob ololmadik», — dedi Choriyev.