Futzal bo‘yicha OKMK jamoasining 26 yoshli o‘yinchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.

Hodisa futzalchi 27-fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga Matiz avtomashinasida yo‘lovchi sifatida qaytayotganida sodir bo‘lgan. Qamchiq dovonida Matiz, Nexia va Tico avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida Timur Berdiyev vafot etgan.

Tico’da bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q.

Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Berdiyev 2021-yil qishki transferlar oynasida Bishkekning “Farvater” jamoasiga o‘tishi rejalashtirilgan edi.