Germaniya kansleri Angela Merkel bu haqda koronavirus masalasi bo‘yicha yig‘ilishdan so‘ng aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, emlanganlikni tasdiqlash uchinchi mamlakatlardan Yevropa Ittifoqiga kirish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Kansler birinchi navbatda bunday sertifikatlar a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilishini va Yevrokomissiya Ittifoqning barcha mamlakatlarida foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida ularni birlashtirishini ma’lum qildi.

«Vaqtning chegaralanganligiga kelsak, texnik jihatdan ta’minlash ishlari uch oy davom etadi, ya’ni Yevropa darajasida barcha mamlakatlarda ishlay oladigan tizim yaratish uchun kamida uch oy vaqt kerak bo‘ladi», — dedi Yevrokomissiya rahbari.

Yevropa Ittifoqi 2020 yil martidan beri boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun tashqi chegaralarni yopgan edi. Hozirda YeIga faqat olti mamlakat — Avstraliya, Yangi Zelandiya, Ruanda, Singapur, Janubiy Koreya va Tailanddan kirish mumkin.