Clubhouse Android foydalanuvchilari uchun dastur ustida ishlashni boshladi, deya xabar bermoqda Spot CNBC ma’lumotlariga asoslanib.

Buning uchun Android dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Mopeva Ogundipe jalb etildi. U Instagram’ning Android versiyasi ustida 2014 yildan beri ishlab kelmoqda.

«Agar siz meni tanisangiz, ehtimol faqat IOS uchun mo‘ljallangan dasturlar haqidagi fikrimni bilsangiz kerak. Shuning uchun Android versiyasini yaratish uchun jamoaga qo‘shilganimdan juda xursandman», — deya yozdi Ogundipe o‘z Twitter sahifasida.

Bundan avval, Android uchun Clubhouse’ning norasmiy dasturi ishlab chiqilgan edi.