Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida OAV vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

«O‘zbekiston 24», Sevimli TV, Uzreport TV telekanallari, shuningdek, Daryo.uz, Uz24.uz, Darakchi.uz, O‘zA va boshqa nashrlar jurnalistlari bilan bo‘lgan muloqot taxminan 15 daqiqa davom etdi.

«Sizlar menga yelkadoshsiz, yordamingizga tayanaman. Adolatni yetkazishdan to‘xtamanglar, qo‘rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi. Adolat, adolat, adolat! Yana bir marta adolat. Bu yo‘ldan ortga qaytmaymiz. Sizlar adolatni tarafdori bo‘lsangiz, haqiqatni yozsangiz, rahbarlar hozir sizlarni yomon ko‘rishi mumkin, ammo oxiri ishlashga tushadi. Tizimni ishlashiga olib keladi bu. Men sizlarga ishlaringizda omad tilayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev

29 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan murojaatida ommaviy axborot vositalari tobora «to‘rtinchi hokimiyat» ga aylanib borayotgani, ular nafaqat mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarni, balki dolzarb muammolarni ham yoritib borayotganini ta’kidlagan edi.