Farg‘ona viloyati Rishton tumanida 30 yanvar kuni fuqaro X.A. «Tico» avtomashinasini «Yuqori Avazboy» mahallasi bo‘ylab boshqarib ketayotganida YTH sodir etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

X.A. yo‘l chetida ketayotgan piyoda B.A.ni urib yuborishi oqibatida B.A. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.