Chilonzor buyum savdo kompleksi AJda do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlovchi N.R. va bozor muhandisi A.S. fuqaro D.B.ga auksion orqali qurilishi rejalashtirligan do‘konni 25 ming AQSH dollari evaziga yutib olib bermoqchi bo‘lgan. Bu haqda «Gazeta.uz» ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

N.R. so‘ralgan mablag‘dan 9 400 AQSH dollarini olib, keyinroq qolgan 15 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Undan keyin savdo kompleksi bosh muhandisi A.S. do‘kon sotuvchisidan 10 ming AQSH dollarini olgan paytida ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan A.S. va N.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.