25 yanvar kuni Standard&Poor's agentligi «TEMIRYO'L SUG’URTA» kompaniyasiga emitentning uzoq muddatli kredit reytingi va sug‘urta kompanisining moliyaviy barqarorlik reytinglarini «B+» darajada baholadi. Reytingning o‘zgarish prognozi — «Barqaror».

«TEMIRYO'L SUG’URTA» 2002 yildan buyon o‘z faoliyatini amalga oshirib keladi va xalqaro reytingga ega bo‘lgan O‘zbekistonning birinchi nodavlat sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi.

«TEMIRYO'L-SUG'URTA» universal sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, u o‘z faoliyatida bozorda talabgir majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarining barcha turlarini taqdim etadi. «TEMIRYO'L-SUG'URTA» xizmatlaridan, temiryo‘l tarmog‘idan tashqari, turli tarmoqlardagi ko‘pgina korxonalar, jismoniy shaxslar va tadbirkorlar foydalanishadi.

Kompaniya faoliyatining tamoyili — xar bir mijozga individual yondashuv, shaffoflik va haqqoniylikdir. Ko‘rsatib kelinayotgan sug‘urta xizmatlarining sifatiga kompaniyada alohida e’tibor beriladi.

Reyting agentligining hisobotida ta’kidlanishicha, tajribali boshqaruv guruxi kompaniyaning oldiga qo‘yilgan vazifalarini bajarilishini muvaffaqiyatli tarzda ta’minlab kelmoqda. Boshqa kompaniyalar bilan taqqoslanganda, «TEMIRYO'L SUG’URTA»ning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan omil, bu qaltisliklarni boshqarishning shakllangan tizimidir.

2011 yildan buyon kompaniya xizmatlari xalqaro sifat standartiga binoan sertifikatlashtiriladi, xozirgi kunda ISO 9001−2015 standarti joriy etilgan. Kompaniya barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida o‘zining filiallariga ega. Bu esa barcha hududlarda mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Kompaniya baholariga asosan, «TEMIRYO'L SUG’URTA»ning mavjud likvid mablag‘lari hajmi, kompaniya majburiyatlarini bajarilishini ta’minlaydi. «Barqaror» prognozi esa «TEMIRYO'L SUG’URTA» ning keyingi 12 oy mobaynida sug‘urta mukofotlari hajmini oshirishda davom etishi bilan bog‘liq prognozlarini aks ettiradi. Bunda, raqobatni kuchayib borayotganligiga qaramasdan, kompaniya o‘z faoliyatida ijobiy natijalarni ta’minlab boradi.

Kompaniyaning asosiy ssenariysi, boshqaruv guruhining mo‘’tadilligi va investitsiya portfeli sifatini nazarda tutadi.

«TEMIRYO'L SUG’URTA» doimo sizning rejalaringiz amalga oshishida va barqaror rivojlanishingizni ta’minlashda ishonchli hamkoringiz bo‘lib qoladi.