Shu bilan birga, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash tavsiya etilmaydi. Bu ushbu yosh guruhidagilar uchun vaksina ta’siri hali o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq, deya xabar bermoqda Qozog‘iston SSV matbuot xizmati.

Ushbu emlash jarayonlarida «Sputnik V» vaksinasi qo‘llaniladi.

Mamlakatda ishlab chiqarilgan «KazKOVID-in» vaksinasi esa birinchi bosqichda taxminan 2 mln dozada chiqariladi.

Immunitet holati to‘g‘risidagi ma’lumotni tizimli hisobga olish maqsadida QR kod va elektron vaksinatsiya pasport masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bu emlanganlar sonini hisobga olish va kelajakda aholining immunitet holatini kuzatish orqali vaksinatsiya miqdorini rejalashtirib, kasallikni bashorat qilish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinatsiya jarayonlari boshlanishi haqida xabar bergan edik.