Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmatiga yoshlar muammolarini tizimli ravishda o‘rganish vazifasini topshirdi. Bu haqda 27 yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Gazetы.uz»muxbiri.

«Bugungi kunga qadar Buxoro viloyati, Jizzax, Navoi, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va poytaxtda 50 mingga yaqin yoshlar bilan to‘g‘rima-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. Bildirilgan taklif va istaklar asosida tuman va shaharlar kesimida yoshlar dasturi tasdiklandi. Ushbu dasturlarning ijrosi hamda yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiklashtirish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatildi», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev.

Joylardagi o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab kamchiliklar saqlnib qolinayotgani qayd etildi.