Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.T. fuqaro R.S. ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishilari orqali milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 4500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan Qarshi harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda M.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.