Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston va AQSH prezidentlari ismlariga atalgan tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatga olinganligi haqida munosabat bildirdi.

Gap Samarqand viloyatidagi «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomli oilaviy firma va «Joe Biden» MCHJ haqida ketmoqda. Birinchisi 2020 yil 14 fevral kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchisi 2021 yil 21 yanvar kuni, ya’ni AQSH yangi prezidentining inauguratsiyasi kuni rasmiylashtirilgan.

Xabar berilishicha, «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomi bilan ro‘yxatga olingan firma nomi «Toshkent Chilonzor Trade» ga, «Joe Biden» MCHJ esa «White Eagle 070» nomiga o‘zgartirilgan.

Tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, «Firma nomlari to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra O‘zbekistonda firmani nomlashda tarixiy yoki taniqli shaxsning ismini qo‘llashda belgilangan tartibdagi ruxsatnoma talab qilinishi tushuntirilgan.