Bugun mamlakatning barcha hududlari Rossiyaning Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kun davomida ko‘p hududlarda qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2−5 daraja sovuq bo‘ladi.

Shanba kuni respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 5−10 daraja sovuqni, kunduzi 0−5 daraja sovuqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5−10 darajagacha bo‘lgan sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0−3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy me’yorlardan 8−10o ga past bo‘ladi.