Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri vaksinatsiya jarayonlari muddatidan avvval boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Avvalroq Tibbiyot va farmatsevtika nazorati qo‘mitasi mamlakatda Rossiya vaksinasi bilan emlash fevral oyi oxirida rejalashtirilayotganligi haqida ma’lum qilgan edi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi yarmida 2 mln kishi, ikkinchi yarmida esa 3−4 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda fevraldan boshlab yuqumli kasalliklar shifoxonalari, tez tibbiy yordam va sanitariya-epidemiologiya xizmatining xodimlari — jami 100 ming kishi emlanadi.

Ikkinchi bosqichda mart oyidan maktab va oliygohlar o‘qituvchilari, tibbiy xizmat xodimlari — 150 ming kishi.

Uchinchi bosqichda apreldan maktab-internatlar va MTMlar pedagoglari, talabalar, surunkali kasalliklari borlar — 600 ming kishi.