Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha mavjud jami 10 008 ta umumta’lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internatlarining 3310 tasi tabiiy gaz manbalari orqali isitilmoqda. Shuningdek, maktablarning 23 tasi — suyuq yoqilg‘i, 6671 tasi — ko‘mir (briket), 4 tasi — elektr toki orqali isitiladi.

Ularning isitilish turi quyidagicha:

  • 1036 ta maktab — markazlashgan issiqlik tarmog‘i orqali,
  • 8 810 tasi — lokal isitish tarmog‘i orqali;
  • 162 tasi — qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali.

Jami 1196 ta maktab filialining 118 tasi — tabiiy gaz, 1 tasi — suyuq pech yoqilg‘isi, 1062 tasi — ko‘mir (briket) yoqilg‘isi, 15 tasi — elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi.

«Qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. Chunki qo‘lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga, o‘quvchilarga yaqin qilib o‘rnatilgan», — dedi Laylo Rustamova.