Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqini bo‘yicha 2011−2020 yillar oralig‘idagi eng yaxshi referilar ro‘yxati e’lon qilindi.


Unga ko‘ra, yetakchi sifatida germaniyalik Feliks Brix (141 ball) qayd etildi. Undan 1 ochkoga ortda qolgan turkiyalik Junayt Chaqir esa 2-bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillik eng kuchli hakamlari uchligini niderlandiyalik Born Kyoypers yakunlab berdi. Ravshan Ermatov esa 33 ball bilan 16-pog‘onadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2019 yil noyabrida hakamlik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgan edi.