YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 10 yanvar kuni soat 20:00larda, Andijon viloyati, Asaka tumanida haydovchi N.X.(1993 y.t.) boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli hamda Sh. X.(1979 y.t.) boshqaruvidagi «Damas» rusumli tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida «Damas» haydovchisi 41 yoshli Sh. X. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi U.X.(1987 y.t.) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.