Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 25 yoshli X.X. ikki yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotishga harakat qilgan. Bu haqda Daryo.uz Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborotiga asoslanib xabar bermoqda.

Ayol 6 yanvar kuni soat 18:00 atrofida 1500 AQSH dollarini olayotganda tuman IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Ta’kidlanishicha, bola ayolning sobiq turmush o‘rtog‘idan bo‘lgan, ayni vaqtdagi turmush o‘rtog‘i bilan shar’iy nikoxda yashab kelmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq 2017−2020 yillarda O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sotish bo‘yicha 185 ta holat aniqlangani va chaqaloq savdosiga qaysi omillar sabab bo‘layotganligi haqida xabar berilgan edi.