Toshkent shahrida bir necha to‘lov terminallari o‘g‘irlangani aniqlangan. Yashnobod tumani IIB tomonidan olib borilgan ishlar natijasida jinoyat ishida gumonlanayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan.

Ushbu shaxslar Yashnobod tumani Qorasuv qo‘chasidagi 5 uy yonida joylashgan do‘kon yonidan Paynet bankomatini o‘g‘irlayotganida, tuman IIO FMBsiga bu haqda xabar berilgan. Tezkor qidiruv ishlari olib borilganda, davlat raqami yechilgan oq Damas rusumli avtomashinaga ushbu bankomat ortib, olib ketilayotganligi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanayotgan shaxslar 2020 yil 15 dekabrdan 2021 yilning 2 yanvar vaqt oralig‘ida jami 7 ta to‘lov terminallarini o‘g‘irlab, ularni buzgan va ichidagi pullarni sarflab yuborishgan.

Gumondagi shaxslar D. (1990 yilda tug‘ilgan) va R. (1989 yil tug‘ilgan) bundan avval Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jazo muddatini o‘tab chiqqani ma’lum qilindi.