IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Toshkent mintaqasida yuk poyezdi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuboradi. U qulog‘iga quloqchin taqib olib, temiryo‘l izida yurib ketayotgan bo‘lgan. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

28 dekabr kuni soat 16:25 da Toshkent-Tavar-Sariag‘ach yo‘nalishidagi yuk poyezdi taxminan 18−20 yoshlar atrofidagi ayol kishini urib yuboradi. O‘rganish ishlari davomida, 2002 yilda tug‘ilgan qiz quloqchin taqib temiryo‘l izlarida harakatlanganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu fuqaro jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Unda aralash jarohat, bosh miya lat yeyishi, bosh miya chayqalishi kabi jarohatlar aniqlangan.