Coca-Cola Yangi yil tantanalari kampaniyasini boshlaganiga ham roppa-rosa 100 yil bo‘ldi.

Barcha uchun qadrdon Santa timsoli, bayramona bezatilgan yuk mashinalari karvoni; qutb ayiqlari oilasi va afsonaviy «Bayram kirib keldi…» jingli sayyoramizdagi milliardlab insonlarga har yili mo‘’jizaviy kayfiyat tuhfa etib keladi.


Yubiley yili his-hayajonga to‘la bir hikoya atrofida birlashtirilgan va brend aynan u yordamida eng muhimi aslida nima ekanligini butun bashariyat yodiga solishga qaror qildi. Coca-Cola jamoasi Oskar mukofoti sovrindori sanalgan rejissyor, aktyor va ssenariynavis ijodkor Tayka Vaytiti hamda afsonaviy Wieden+Kennedy agentligi (London) bilan hamkorlikda «Eng oliy sovg‘a — birga bo‘lishdir» hikoyasini so‘zlab beradi.

Yevropadagi marketing masalalari bo‘yicha katta vitse-prezident Valter Susini shunday deydi: «Coca-Cola ko‘pdan buyon Yangi yil bilan uyg‘unlikda eslanadi va mana so‘nggi 100 yil ichida butun dunyo bo‘ylab bir necha unutilmas kampaniyalarni tashkil etdi. Bu yilgi kampaniya ham bir asrlik an’analarga xos bo‘lib, bizning taniqli bayram kampaniyalarimizdagi ko‘plab sevimli belgilarni qamrab olgan- bular, masalan, rassom Sandblom tomonidan chizilgan Santa tasviri hamda iste’molchilar tomon umid va optimizmga to‘la ezgu nomani yetkazishga shoshayotgan rojdestvo yuk mashinasi kabilardir. Shuningdek, kampaniya haqiqiy Yangi yil mo‘’jizasini aks ettiradi va asl qadriyatlar — yaqinlar bilan birga bo‘lish har qanday sovg‘adan ham a’loroq ekanligini yodga soladi.


Coca-Cola'ning yangi yil kampaniyasi tarixi 1920 yilga borib taqaladi. O‘sha davrlarda aynan jazirama va yozgi chanqoq bilan esga olinadigan «yozgi ichimlik» ishlab chiqaruvchi kompaniya ajabtovur kampaniyani… tasavvur qilyapsizmi, qishda boshlashga jazm etadi. AQSHda «Chanqoq fasl tanlamaydi» ilk yangi yil oldi reklama kampaniyasi start oladi. Coca-Cola u yordamida muhim bir masalani hal etadi: ichimlik faqat yozgagina xos deb hisoblashni bas qilishlari va brend bilan bog‘liq yangi hissiyotlar ham jo‘sh urishining uddasidan chiqadi.


O‘n yil o‘tib, 1930 yilda amerikalik rassom Fred Mitsen Coca-Cola'ning rojdestvo plakati uchun Santaning yangi siymosini chizib beradi: unda univermag bufetidagi ko‘plab xaridorlar davrasida, boshdan oyoq qizil kiyimga burkangan, quvnoq oqsoqol ichimlik qadahini tutib turgani aks ettirilgan edi.

Biroq hozir biz biladigan Santa timsoli Coca-Cola kompaniyasining buyurtmasiga binoan 1931 yildayoq Heddon Sandblom tomonidan yaratilgan. 1964 yilda taniqli rassom Coca-Cola uchun so‘nggi bor Santani qizil kiyim bilan bezaydi.

1995 yilda ilk marotaba bayramona bezatilgan, yangi yil chiroqchalariga to‘la qizil yuk mashinalarining qorli manzarada yurib borayotgani efir yuzini ko‘radi. Ushbu rolik uchun maxsus effektlarni Jorj Lukasning Industrial Light & Magic animatsion studiyasi yaratadi, undagi qo‘shiq esa dunyoning turli mamlakatlariga mos talqinda ijro etilib, Rojdestvo va Yangi yil ramzlaridan biriga aylanadi.

Yuz yillik tarix davomida yangi yil kampaniyalari yangi jihatlar bilan boyib bordi, qahramonlar va tasvirlar o‘zgardi, ammo bir narsa mudom o‘zgarishsiz qoladi — Santa kattalarga ham, bolajonlar yaqiniga ham o‘zining sevimli qizil-oq kiyimida kelib, olam-olam mo‘’jiza va sehr ulashadi.

Bu yil esa koronavirus sababli kompaniya yangi yil syurprizlarini yangi sharoitlarga mos holda hozirlashga qaror qildi va keng qamrovli festivallardan voz kechdi. O‘zbekistondagi Coca-Cola uchun o‘z xodim va iste’molchilarining xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi. Cheklovlarga qaramasdan, kompaniyamiz Coca-Cola'ning barcha muxlislari uchun ta’sirli tantana tuhfalarini tayyorlagan.


Brend birinchi bo‘lib yangi yil kayfiyatini yaratishga qaror qildi va noyabr oyida, pandemiya sharoitida «Eng oliy sovg‘a — birga bo‘lishdir» yangi yil hikoyasining premerasini «drive-in cinema» shaklida o‘tkazdi. Coca-Cola eng muhimi nima ekanligini yodga solish maqsadida do‘stlarni, ular esa ta’sirli hikoyani qalbdan his etishlari hamda o‘zlarining ijtimoiy tarmoq sahifalari va mediadagi millionlab obunachilari bilan bu onlarni bo‘lishishlari uchun bir manzilda to‘pladi.

Brend noyabr oyida yangi yil kayfiyatini ulasharkan, sovriniga avtomobil qo‘yilgan keng qamrovli yutuqli o‘yinni ham boshladi. Yangi yil tantanalari davomida kompaniya «Yangi yilda omad kuladi» aksiyasi ishtirokchilari orasida 21 ta Nissan Sylphy avtomobilini o‘ynaydi.

31 dekabrda esa barcha teletomoshabinlarni ZO’R TV telekanalida Coca-Cola va shou-biznes yulduzlaridan musiqiy syurpriz kutadi.