BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda STEM sohasida xotin-qizlar ishtirokini o‘rganish o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.

Tadqiqotda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim bo‘lgan va tez rivojlanayotgan STEM («fan, texnologiya, muhandislik va matematika akademik sohalarini ifoda etadigan ibora) sohalarida xotin-qizlarning to‘laqonli ishtirokini ta’minlash muhimligi aytilgan.

Dunyoda STEM bilan bog‘liq sohalardagi barcha talabalarning atigi 35 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tadqiqotchilarning 30% dan kamrog‘i ayollardir va bunday holat dunyoning barcha mintaqalarida kuzatiladi. Global miqyosda ayollarning maoshi erkaklarga nisbatan 23 foiz kamroq. Ushbu farqni yengish uchun 68 yil talab etiladi, deyiladi tadqiqotda. Ayollarning mehnatdagi ishtiroki esa 63 foizni, erkaklarniki 94 foizni tashkil etadi.

YUNESKOning STEM va gender bo‘yicha bo‘yicha hisobotiga (SAGA) ko‘ra, bunga asosiy sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Kasb tanlashdagi farqlar;
  • Hayotiy qadriyatlardagi farq;
  • Ishonch va o‘z-o‘zini anglash;
  • Gender stereotiplari;
  • Gender tarafkashligi.

Turli dasturlar va tadqiqotchilar bo‘yicha oliy ma’lumotli ayol va erkak bitiruvchilarning ulushiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bakalavr va magistr darajalariga ega ayollar soni erkaklardan ko‘proq bo‘lishi mumkin, lekin fan nomzodlari va tadqiqotchilar orasida erkaklar soni ayollar sonidan ancha ko‘proq ekanligini ko‘rishimiz mumkin.


O‘zbekistonda STEM sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va kasblarda juda kam sonli xotin-qizlar mavjud.

2017 yilgi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, mamlakatda kasb-hunar bilim yurtlarida va universitetlarda axborot texnologiyalari, arxitektura va qurilish sohasida o‘qiyotgan talabalarning mos ravishda 43% va 17% qismini xotin-qizlar tashkil etadi.

STEM dasturlari bo‘yicha universitet bitiruvchilarining 21 foizigina xotin-qizlar. Ish haqi kam bo‘lgan ijtimoiy sohalarda ayollar keng tarzda faoliyat yuritayotgan bo‘lsalar, erkaklar ko‘proq maoshli texnik sohalarda ishlaydilar.

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha turlariga barham berish qo‘mitasi (CEDAW) tomonidan O‘zbekistonda qayd etilgan STEM farqlanishlaridagi muammolar bo‘yicha taqdim qilingan beshinchi davriy hisobotga ko‘ra, mamlakatda:

  • Erkaklar va ayollar o‘rtasida ish haqi hajmi bo‘yicha farqlanish mavjud;
  • Mehnat bozorida ayollar va erkaklar o‘rtasida segregatsiya qayd etilmoqda va odatda, ayollar rasmiy va norasmiy iqtisodiyotda kam haq to‘lanadigan ishlarga e’tiborni qaratishadi.


O‘rta va yuqori daromadli mamlakatlar bilan taqqoslaganda O‘zbekistonda ilmiy-texnik ishlanmalar sohasidagi tadqiqotchilar (har millionta odamga) soni nisbatan past.

Har million odamga ilmiy-texnik ishlanmalar sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi (bir million odamga 3373 ta tadqiqotchi), Rossiya Federatsiyasi (bir million odamga 2784 ta tadqiqotchi) va Qozog‘istondan (bir million odamga 667 ta tadqiqotchi) orqada.

Umumiy tadqiqotchilar ichida xotin-qizlar hissasi (xodimlar soniga nisbatan foizda) bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlari (41%) Rossiya va Tojikistondan oldinda bo‘lsa-da, Qozog‘iston (53%) va Qirg‘izistonga (47%) qaraganda pastroq.

O‘zbekiston kompaniyalarida yuqori lavozimda ishlovchi xotin-qizlar hissasi o‘rtacha va yuqori daromadli mamlakatlardagi ko‘rsatkichga nisbatan past.

Rahbar lavozimida xotin-qizlar bo‘lgan firmalar bo‘yicha O‘zbekiston (12%) ko‘rsatkichlari Qirg‘iziston (33%), Qozog‘iston (26%), Rossiya Federatsiyasi (24%), Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasiga (18%) nisbatan ancha past.

O‘zbekiston Gender komissiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining «Davlat boshqaruvida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida qator tavsiyalar berilgan.

Jamiyatda STEM sohasida ayollarga bo‘lgan munosabat, ularni qabul qilish, ularga nisbatan xatti-harakatlar, ijtimoiy me’yorlar va стереотипларни bartaraf etish kerak:

  • STEM sohasida faoliyat yuritishda, ayniqsa hukumatlar, biznes korxonalari, universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi rahbarlik lavozimlarida STEM ko‘nikmalari bor ayollarning xabardorligini oshirish;
  • Ilmiy doiralarda hamda STEMning rasmiy va norasmiy ta’lim faoliyatida, shu jumladan tadqiqot markazlarida gender jihatlarni hisobga olish.

STEM sohasidagi boshlang‘ich va o‘rta ta’limига, shuningdek, texnik va kasb-hunar ta’limiga qizlarni va yosh ayollarni жалб qilish lozim:

  • STEM sohasidagi bilimlarni o‘qitishning pedagogik yondashuvlarida gender mavzusini hisobga olish va uni joriy qilishga ko‘maklashish, shu jumladan qizlarning aniq fanlar, fizika, matematika, axborot texnologiyalari bo‘yicha fanlarda ishtirokini rag‘batlantirish;
  • STEM sohasidagi o‘qituvchilar orasida gender tenglikka ko‘maklashish, ya’ni bu sohada dars beruvchi ayollar sonini oshirish;
  • STEM sohasida ta’limdan ishlashga o‘tish davrida gender tengligini rag‘batlantirish, ya’ni ilm-fan, muhandislik, matematika bilan shug‘ullanuvchi yosh qizlarni ishga joylashda rahbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy qilish.

STEMning barcha darajalarida oliy ma’lumot olishga ayollarni jalb qilish, ularga imkoniyat yaratish va yordam berish bo‘ycha amaliy choralarni ko‘rish kerak:

  • STEM sohasida ayollarning oliy ma’lumot olishiga maxsus stipendiyalar va mukofotlar berish orqali ko‘maklashish;
  • STEM sohasida alohida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar uchun davlat mukofotini joriy etish;
  • STEM sohasida oliy ma’lumotli ayollarning faoliyat yuritishlariga ko‘maklashish, shu jumladan gender omillarini hisobga olgan holda, ular uchun alohida murabbiylik, seminarlar va tarmoqlar tashkil qilish;
  • Talabalar, xususan, STEM sohasida ta’lim olayotgan xotin-qizlar farzandlarining (kunduzgi) parvarishini tashkil etishga ko‘maklashish.

Olimlar va muhandislar uchun ish faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishda gender tengликни ta’minlashga e’tibor qaratish lozim:

  • Teng mehnat sharoitlarini yaratish (ish haqi, ish faoliyatini baholash mezonlari va boshqalar);
  • Ish joyidagi imkoniyatlardan foydalanishda gender tengligini ta’minlash (o‘quv kurslari, tadqiqot guruhlari, patent uchun arizalar, rag‘batlantirish, mukofotlar);
  • Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda ayollarga ko‘maklashish;
  • Fan doktorlari (nomzodlari) va tadqiqotchilarning xorijiy ilmiy safarlari, xususan, ularda ayollarning bo‘lishida gender tengligini ta’minlash;
  • Ilm-fan va texnologiya sohasida rahbarlik lavozimlaridagi gender muvozanatini ta’minlash.

Tadqiqotlarning mazmuni, amaliyoti va kun tartibida gender jihatlarини targ‘ib qilish muhim:

  • STEMda gender jihatlar va mamlakatning tadqiqot dasturi hamda tadqiqot portfelining gender jihatlarini hisobga olgan holda genderga oid muayyan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) dasturlarini ishlab chiqish;
  • ITTKI loyihalarini baholashda gender jihatlarni hisobga olish;
  • Tadqiqot gipotezalarida va tadqiqot sub’ektlari jinsini ko‘rib chiqishda genderga ta’sirchan tahlilga ko‘maklashish;
  • Genderga ta’sirchan tahlil va ilmiy ma’lumotlarni tarqatishga ko‘maklashish, bunga ilmiy markazlar va muzeylar, ilmiy jurnalistika, maxsus konferensiyalar, seminarlar va nashrlarni jalb qilish.

STEM bilan bog‘liq siyosatni ishlab chiqishda (qaror qabul qiluvchi shaxslar, maslahat qo‘mitalari, ekspert guruhlari va boshqalar), uni monitoring qilish va baholashda gender tengligini hisobga olish va uni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishini ta’minlash lozim.

Ilmiy-texnikaga oid tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida gender tengligini ta’minlash kerak:

  • boshlang‘ich kapital, homiy-investorlar, venchur sarmoyalari va shu kabi boshlang‘ich moliyaviy mablag‘lardan foydalanishda gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash;
  • ayollarga qarashli firmalar uchun davlat tomonidan moliyalashtirilgan innovatsiyalardan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
  • tadbirkorlik, innovatsiyalarni boshqarish va intellektual mulk huquqlari sohalarida gender omillarini hisobga olgan holda o‘quv kurslarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ayollarning murabbiylik faoliyatini ta’minlash;
  • tadbirkor ayollar tarmog‘ini va ayollarning tadbirkorlik tarmoqlarida ishtirok etishini rag‘batlantirish;
  • genderga asoslangan innovatsiyalarni targ‘ib qilish;
  • tashqi rag‘batlantirish va ayollarning rahbarligi ostidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda novator xotin-qizlarning faoliyatini targ‘ib qilish;
  • yangi kompaniyalarda gender tengligiga asoslangan ishchi kuchi va teng imkoniyatlarni targ‘ib qilish.