IIV YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 dekabr kuni soat 14:50 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida 12-sonli avtobus saroyiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.