Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib Ergashev Avazxon Yaqubjonovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

U bunga qadar 15 yil mobaynida Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi sifatida faoliyat olib borgan.

Avazxon Ergashev yangi lavozimda, 18-dekabr kuni Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Komiljon Sobirov o‘rnini egalladi.