«muhojirlar» tegli maqolalar


20 sentabr 2021, 08:55

Markaziy Osiyoda qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanishi mumkin — JB

Iqlim o‘zgarishlari 250 mln kishini o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishga majbur qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda Jahon banki hisob-kitoblari. Markaziy Osiyoda yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozog‘iston shimoli — oqim manzillari.

19 aprel 2021, 15:48

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari Rossiyada bo‘lib turishni qonuniylashtirish uchun yordam ko‘rsatadi

Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida bo‘lishni qonuniylashtirish masalasida yordam qidirayotgan fuqarolarni O‘zbekistonning Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari orqali murojaat qilishga chaqirmoqda.

16 aprel 2021, 17:30

Rossiyada 330 mingdan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlar mavjud

Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan 332 ming nafar muhojir Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turibdi.

14 dekabr 2020, 19:00

Rossiya qurilish vazirligi hukumatdan migrantlarning mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi

Rossiya qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi. Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan.

6 avgust 2020, 21:55

Qariyb 2000 o‘zbekistonlikni Rossiyadan olib kelish boshlandi

O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.

5 avgust 2020, 19:36

Samara shahridan 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik poyezd orqali uylariga qaytariladi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar yaqin kunlarda poyezd bilan uylariga olib kelinadi. Avvalroq muhojirlarning, shu jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining Samara viloyatidagi nazorat punktidan o‘tishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting