«Toshshahartransxizmat» AJ Axborot xizmati xabar berishiga ko‘ra, 2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat tranportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Naqd pul o‘rnini yagona transport kartasi egallaydi.

Shuningdek, qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun huddi shu ko‘rinishdagi kartalar joriy etiladi, deyiladi xabarda.