1 dekabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida yo‘lning sirg‘anchiq qismida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan «Volkswagen Polo» avtohalokatga uchradi, deb xabar berdi «Dunyo».

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi xabar berishicha, YTH natijasida O‘zbekiston fuqarolari — 27 yoshli ayol va besh yoshli bola vafot etgan. Yana besh nafar O‘zbekiston fuqarolari og‘ir jarohatlar bilan Yekaterinburgning 9 va 23 kasalxonalariga yotqizildi. Hozirda shifokorlar o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgan mashina haydovchisi, vafot etgan bolaning onasi ustida operatsiyalarni amalga oshirmoqdalar.

O‘zbekiston Bosh konsulligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari paydo bo‘lgan muammolarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarga yetib borishdi, deyiladi xabarda.