Fransiya Tashqi ishlar vazirligi o‘zini o‘zi e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tan olinmasligini e’lon qildi, deya xabar berdi TASS.

Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Fransiyaning EXHT Minsk guruhining hamraisi sifatida Qorabog‘ mojarosini muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, xususan, Tog‘li Qorabog‘ning kelajakdagi maqomi to‘g‘risida ishlashdan iborat va bu muzokaralar natijasini oldindan va bir tomonlama ravishda aniqlash mumkin emas.

Chorshanba kuni Fransiya Senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgan edi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rezolyutsiyaning qabul qilinishini provokatsiya sifatida qabul qildi va uning qonuniy kuchga ega emasligini ta’kidladi.

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojaro 27 sentyabrda qayta tiklandi. Rossiyaning vositachiligi bilan tomonlar 10 noyabr kuni sulh bitimini imzolashdi. Hujjatga ko‘ra, Boku Tog‘li Qorabog‘ning bosib olingan bir necha hududlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.

Fransiya ham Rossiya va AQSH bilan birgalikda 1992 yilda Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini topish uchun tuzilgan EXHT Minsk guruhining hamraisi hisoblanadi.