Telegram asoschisi Pavel Durov yangi iPhone 12 Pro smartfonlaridan foydalanib, o‘z fikri bilan bo‘lishdi.

«Hozirgina iPhone 12 Pro ishlatib ko‘rdim — naqadar noqulay uskuna. U huddi 2012 yilgi iPhone 5 ning katta versiyasiga o‘xshaydi, lekin uch xil kattalikda bo‘rtib chiqib qolgan xunuk kameralari bilan», — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, Stiv Jobsning vafotidan to‘qqiz yil o‘tgan bo‘lsa-da, kompaniya hali ham hech qanday sezilarli yangilik qilmagan va aynan asoschisi tomonidan yaratilgan texnologiyalar va obro‘-e’tibor asosida kun ko‘rmoqda.

«Yilning boshida iPhone savdosining 21% ga kamaygani hayron qolarli holat emas. Agar bu sur’at saqlanib qolsa, 7−10 yildan keyin iPhone ning jahon bozoridagi ulushi arzimas miqdorni tashkil etadi», — dedi Telegram asoschisi.