Amerikalik Pol Milgrom va Robert Uilsonlar auksionlar (kim oshdi savdosi) nazariyasini takomillashtirgani va auksionning yangi formatlarini ixtiro qilgani uchun Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan Shvetsiya davlat bankining iqtisodiyot uchun mukofotiga sazovor bo‘lishdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Avvalroq, Nobel qo‘mitasi hafta davomida fiziologiya va tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot sohalari, shuningdek Tinchlik bo‘yicha laureatlarni e’lon qilgan edi.

Nobel haftaligi an’anaviy ravishda iqtisodiyot bo‘yicha mukofotni topshirish bilan yakunlandi. Taqdirlash marosimi onlayn tarzda 10 dekabr kuni — Alfred Nobel vafot etgan sanada bo‘lib o‘tadi. Bu yil har bir sovrin 10 mln kronagacha (million dollar) ko‘paytirildi.