Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi STV telekanal. O‘lim sababi hozircha aniq emas.

Nurriddinxon Islomov 1970 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish foliyatini boshlagan. 1980−2008 yillar davomida Jizzax viloyati G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat olib borgan.

2017 yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida vafot etgan edi.