21 sentyabr kuni O‘zbekistonda 619 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, bugun 5 nafar koronavirusga chalingan bemor (3 nafar erkak, 2 nafar ayol) vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Andijon, Buxoro hamda Farg‘ona viloyatlarida 674 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 52 259 nafar bemordan 48 606 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 215 nafar bemordan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.