Sherzod Xabibullaxo‘jayevich Xabibullayev O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining yangi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda farmon 18 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi, deb xabar berdi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbalari.

Sherzod Xabibullayev (1976 yilda tug‘ilgan) 2017 yil iyun oyidan buyon Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

2013−2017 yillarda u AKT vazirligi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi direktori bo‘lgan.

2004−2017 yillarda O‘zgidrometni Viktor Chub boshqargan.