18 sentyabr kuni O‘zbekistonda 617 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Buxoro, Andijon, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida 553 nafar bemor tuzaldi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 378 nafar bemordan 46 645 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 312 nafar bemordan 489 nafari og‘ir, 254 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.