11−12 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Janubiy Qozog‘iston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikaning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Buning natijasida, Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27−32 daraja atrofida bo‘ladi.

Shunba kuni yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 12−17 daraja, kunduzi 27−32 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Bunday harorat iqlimiy me’yordan ozgina — 1−2 darajaga pastdir, deya ta’kidlashdi sinoptiklar.