Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarga (49 ta mamlakatga) kirishlari uchun asosiy talablarni, shuningdek, ta’lim olish uchun chiqish talablarini (46) e’lon qildi.

Ro‘yxatlarda boriladigan mamlakatdagi sanitar-epidemiologik talablar, O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlar va tranzit punktlarining mavjudligi, konsullik idoralari xodimlari bilan aloqa qilish uchun kontaktlar va boshqa ma’lumotlar mavjud. Chiqish shartlari 2 sentyabrdan boshlab amalda ekanligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan chiqib ketishdan oldin diplomatik vakolatxonalar orqali boriladigan mamlakatga kirish talablarini yanada batafsilroq aniqlab olishni va boriladigan mamlakatga kirish huquqini beradigan asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishni tavsiya qildi.