1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda bekor qilinadi. Bu haqda «Koronavirus Infon» rasmiy Telegram-kanali xabar qildi.

Ushbu o‘zgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etilmoqda:

  • oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
  • Qirg‘izistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;
  • qolgan barcha vaziyatlarda O‘zbekistonga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berilishi haqida xabar qilingan edi.