27 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40195 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida, yana 3 nafari Navoiy viloyatida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3 338 kishi davolanmoqda. Ulardan 294 nafari og‘ir, 139 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 40 195 nafar bemordan 36 562 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 91 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) hamda Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.