Rahmonqulov Baxtiyor Tugambayevich Yashnobod tumanining hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

1997 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha va 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

2018 yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.