Eng ommabop o‘yinlardan bo‘lmish Fortnite, App Store va Google Play marketlarida blokirovka qilingach, Epic Games kompaniyasi Apple va Google ni sudga berdi, deya xabar beradi The Bell.

Bundan oldin kompaniya Fortnite ilovasida to‘lovlarni Google yoki Apple orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish imkonini bergan edi. App Store va Google Play siyosatiga ko‘ra, barcha to‘lovlar shu ikki xizmat orqali amalga oshirilishi, ishlab chiqaruvchilar esa 30% komissiya to‘lashlari belgilangan.

«Epic Games o‘z ilovasiga tasdiqlanmagan va App Store siyosatiga zid bo‘lgan imkoniyatni kiritgan», — deb ta’kidlaydi kompaniya. Keyinchalik Epic kompaniyasi Apple ni antimonopoliya qonunini buzganlikda ayblab sudga berdi. Bundan tashqari Fortnite ilovasi Google Play marketida ham bloklandi va ishlab chiqaruvchi tomonidan analogik tarzda ish sudga oshirildi.

«Eng avvalo biz smartfon sotib olgan odamlarning har qanday manbadan ilovalarni o‘rnatish erkinligi; mualliflar ilovalarni erkin distributsiya qilishi va ikki guruhning to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes olib borish erkinligi uchun kurashamiz», — deya ta’kidlaydi Tim Suini, Epic Games rahbari.

Bundan avval Pavel Durov Apple o‘z monopol holatidan foydalanib, juda yuqori komissiya talab qilishi va evaziga dasturchilarga ilovalarni App Store da joylashtirishdan ularni boshqa hech qanday qo‘llab-quvvatlamaslikda ayblagan edi. Durovning ta’kidlashicha, aynan 30% komissiya foydalanuvchilarga ilovalar va qo‘shimcha xaridlar uchun yuqori narx shaklida noqulaylik tug‘diradi. «Dasturchilar va ishlab chiqaruvchilar Apple ga to‘laydigan milliardlab dollarlar ilovalar sifatini oshirish uchun sarflanishi mumkin edi», — deydi Pavel Durov o‘z kanalida.

Bunaqa muammo nafaqat iOS-dasturchilarda, balki Google ga tegishli Android bozorida ham kuzatiladi. Startaplarning 70 foizi litsenziya, maosh, xosting va davlat soliqlariga ko‘plab xarajat qiladi va ko‘p hollarda boshqa xarajatlarga mablag‘ yetarli emas. Shu o‘rinda ilovani narxini oshirish talab kamayishini olib kelishi mumkin, deydi Durov.

Bloomberg yozishicha, Facebook ham Epic Games va Pavel Durov kabi Apple ni, 30% komissiyasi sabab, tanqid qildi. Platforma 14 avgust kuni 20 ta davlatda onlayn-tadbirlar ilovasini ishga tushirgan edi. Ushbu ilova yordamida tadbirkorlar foydalanuvchilarga video va seminarlarga to‘lov evaziga kirish imkonini berish ko‘zda tutilgan. Lekin Apple kompaniyaga o‘z to‘lov tizimlaridan foydalanishga ruxsat bermadi. Google ham komissiyani bekor qilishdan bosh tortdi, lekin Facebook to‘lov tizimidan foydalanishiga ruxsat berdi.

Bundan tashqari, Apple siyosati sabab kompaniya Facebook Gaming xizmatini ham cheklangan versiyada chiqarishga majbur bo‘ldi va shu sabab Mark Sukerberg tomonidan tanqid qilindi. So‘nggi oylarda App Store bir necha marotaba Facebook Gaming xizmatini rad etib keldi va shu sabab ilova o‘yinlarsiz cheklangan versiyada chiqarildi.