26 iyul kuni Telegram messenjerining mobil ilovalari 6.3 versiyasiga yangilandi. Android va iOS foydalanuvchilari uchun bir qator o‘zgarishlar taqdim etilgan: videoavatarlar, ikki gigabaytgacha fayllar almashuvi, yangi chatlarni avtomatik tarzda arxivlash, foto va videolar tahrirlash menyusida yuzni yaxshilash, yangi musiqa pleyeri va, eng ko‘p kutilgan yangilik hisoblangan, videoko‘ng‘iroqlar.

Videoqo‘ng‘iroqlardan foydalanish

Avval Gazeta.uz muharrirlari videoqo‘ng‘iroqlarni beta-versiyada sinovdan o‘tkazgan edi. Ayni paytda uni faqatgina iOS foydalanuvchilari sinov tariqasida ishlatishlari mumkin. Undan foydalanish uchun qo‘yidagi amallarni bajarish kerak:

  • Telegram messenjerining so‘nggi 6.3 versiyasini iOS uchun App Store ilovalar platformasidan yuklab oling.
  • Sozlamalar belgisiga (Nastroyki, Settings) 10 marotaba bosing. So‘ngra ilova debug-menyusi paydo bo‘ladi.
  • Paydo bo‘lgan oynada eksperimental funksiyalar punktini faollashtiring (Eksperimentalnыye funksii, Experimental feature).

Videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchida ham ushbu amallar bajarilgan bo‘lishi kerak.

Videoqo‘ng‘iroqlarni yoqish namunasi. Video: Beta Info Telegram-kanali

Videoavatarlar

Telegram Android/iOS 6.3 va Telegram Desktop 2.2.0 versiyalari endilikda videoavatarlani qo‘llab-quvvatlaydi. Endi profil rasmi nafaqat statik surat, balki videorolik ham bo‘lishi mumkin. Video maksimal davomiyligi — 10 soniya. Shuningdek, videoga turli xil effektlar o‘rnatish va statik avatar sifatida ishlatiladigan kadrni tanlash mumkin.

Videoavatarlar ishlashi namunasi. Video: Beta Info

Fayl almashuv

Avval messenjerda faqat 1.5 gigabaytgacha bo‘lgan fayllarni yuborish mumkin edi. Endilikda bu cheklov ikki gigabaytgacha oshirildi.

Yangi chatlarni avtomatik tarzda arxivlash

«Maxfiylik va xavfsizlik» bo‘limida yana bir funksiya paydo bo‘ldi. U sizning kontaktlar ro‘yxatingizda bo‘lmagan foydalanuvchilardan kelgan xabarlarni avtomatik tarzda chatlar arxiviga joylashtiradi. Va ulardan kelgan xabarlar ovozsiz bo‘ladi. Foydalanuvchi ularni arxivdan chiqarmaguncha, chatlar u yerda qoladi.

Sozlamani faollashtirish uchun «Nastroyki» (Sozlamalar) — «Konfidensialnost» (Maxfiylik) — «Archive and Mute» (Arxivlash va tovushni o‘chirish) punktini faollashtiring.

Foto: Beta Info

Foto va videolarda yuzni yaxshilash

Odam yuzi mavjud bo‘lgan foto va videolarni tahrirlash vaqtida yuz terini yaxshilash funksiyasi paydo bo‘ldi.


Foto: Telegram Blog

Yangi musiqa pleyeri

Telegram Andoid 6.3 versiyasida musiqa pleyerining dizayni yangilandi.


Foto: Telegram Info

Bundan tashqari medifayllar chatlar ro‘yxatida kichik miniatyura shaklida ko‘rinadi. Messenjerning Android versiyasida video tahrirlash menyusida videolarni qisqartirish va burish mumkin, masalan: vertikal videoni gorizontal holatga keltirish.