20 iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zubaydulla Botirov 57 yoshda olamdan o‘tdi, deya xabar beradi Madaniyat vazirligining matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Zubaydulla Botirov 1963 Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1986 yili P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tamomlagan. 1995 yili M. Uyg‘ur nomidagi san’at institutining «Teatr dekoratsiyasi» bo‘limini G. Brim rahbarligi ostida tugatgan.

1997−2005 yillarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishlagan. 1997 y. — Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan bayramning bosh rassomi.

2008 yili Zubaydulla Botirov «Jahon xalqlari san’ati» rassomlar uyushmasi xizmat ko‘rsatgan rassomi va 2010 yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi».

1994 yildan hozirga qadar Toshkent shahridagi A. Navoiy nomli DAKTda ijodiy faoliyatini davom ettirib kelgan. Rassomning ko‘pgina asarlari AQSH, Rossiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning xususiy kolleksiyalarida saqlanadi.

Rassom nima sababdan hayotdan ko‘z yumgani ma’dum qilinmagan xabarda.