Komil Allamjonov o‘zining Telegram kanalida koronavirusga chalinganini va 12 kundan beri ushbu kasallikdan uydan turib davolanayotganini ma’lum qildi.

Allamjonov unda bir necha kun avval harorati ko‘tarilishi, holsizlik sezilgani va topshirgan koronavirusga karshi test tahlil natijalari ijobiy chiqqanini aytib o‘tadi. Shu bilan birga, K. Allamjonov unda paydo bo‘lgan yengil formali koronavirus infeksiyasini 12 kun davomida shifokorlar tomonidan qanday davolagani haqida aytib beradi.

«Bundan bir necha kun oldin menda harorat ko‘tarilishi va holsizlik sezildi. Keyin test topshirib ko‘rsam, menda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. Shifokorlarning tashhisiga asosan menda yengil formali koronavirus kechayotganini aytishdi», — deya ma’lum qildi Komil Allamjonov.

Hozirda (kasallikning 12 kuni) u o‘zini yaxshi his qilayotganini, yo‘tallanishi va harorati ko‘tarilishi to‘xtaganini ma’lum qildi.

Shuningdek, videoda Allamjonov barcha yurtdoshlarni koronavirus belgilari paydo bo‘lganda, uyda o‘z boshimcha davolanishdan tiyilib, shifokorlarga murojaat qilishga chaqirdi.

«Agarda menda koronavirus infeksiyasi bo‘lmaganida, men shamolladim, deb tushungan bo‘lardim. Eng asosiy yanglishib qolmaslgimiz kerak bo‘lgan narsa shuki, „shamolladim“, deb o‘ylab, shamollashga qarshi barcha muolajalarni va kerak-kerakmas kapelnitsalarni olib, zarar keltirib qo‘ymang. Faqat shifokor maslahati bilan bo‘lgani yaxshi», — deya ta’kidladi u.