O‘zbekistonda kun davomida 192 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Jumladan, poytaxtdagi tibbiyot muassasalarida kun davomida koronavirusdan sog‘aygan 170 nafar bemorga ruxsat berildi. Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2737 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4877 nafarni tashkil etmoqda.