21 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro вилоятида (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Hozirda O‘zbekistonda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Ayni paytda mamlakatda 1907 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Ma’lumot uchun, yurtimizda 20 iyun kun davomida 207 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy holatlar soni 6153 taga yetgan edi.

Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlarning soni 8,75 mln yetgan va shulardan 4,33 mln bemor tuzalgan. Shu jumladan, Qozog‘istonda kasallik holatlari 16,7 ming nafar, Tojikistonda 5399 nafar, Qirg‘izistonda esa 3 mingdan oshgan.